AQŞ Adliya vazirligi Xitoyning ikkita OAVni ular xorijiy agentlar sifatida röyxatdan ötişi kerakligi haqida xabardor etdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda yozmoqda.
Aniqlik kiritilişiça, gap CGTN xalqaro axborot kanali va «Sinxua» axborot agentligi haqida ketmoqda.
Manbalarning sözlariga köra, AQŞ Adliya vazirligi «sönggi haftalar» içida körsatilgan OAVga murojaat qilgan. Amerika tomoni talablari lobbistlar faoliyati töğrisidagi qonun bilan izohlanadi. Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, bu AQŞ umumiy kursining bir qismi bölib, u hozirda Xitoyga nisbatan juda qat'iy pozitsiyada bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Xitoydan tovarlarga qöşimça bojlar joriy etilişini e'lon qilgandi.












