Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriya bo‘yicha qaror qabul qilishga va'da berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida mamlakat harbiylarining Suriya hududida qolishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, siyosatchi polshalik hamkasbi Anjyey Duda bilan matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar IShID bilan kurash bo‘yicha qisqa vaqt ichida «juda katta ish» qildi.
«Biz ajoyib ishlarni amalga oshirdik. Bu ishni yakunlash to‘g‘risidagi qarorni juda yaqin vaqt ichida qabul qilamiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 Suriyada kim tomonidan urib tushirilganini ma'lum qilgandi.