Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda GAVI, JSST, YUNISEF ekspertlari ish olib bordilar
Joriy yilning 5 sentabr kuni O‘zbekistonga GAVI, JSST, YUNISEF tashkilotlaridan ekspertlar tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

Ekspertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari davolash-profilaktika muassasalarida aholi va bolalar o‘rtasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olishda immunizatsiya tadbirlari holati, 31ta davolash-profilaktika muassasalarida qizamiq va poliomiyelit yuqumli kasalliklarini chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, vaksinalarni emlash punktlariga yetkazib berilishi, bolalarni rejali emlash qamrovini o‘rganib chiqdilar hamda aholi orasida emlashning ahamiyati to‘g‘risida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari holatini so‘rovnomalar asosida baholadilar.

Vaktsinalarni xarid qilib olishni muntazam moliyalashtirish maqsadida Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari mutaxassislari bilan muzokaralar olib borildi.
14 sentabr kuni “Poytaxt Biznes” markazida xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengash azolari ishtirokida respublikada olib borilayotgan immunizatsiya tadbirlari holati muhokama etildi.
Ekspertlar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida immunizatsiya tadbirlarini sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, vaksinalarni tashishda avtorefrijyeratorlar bilan ta'minlash, sovutkich jihozlari inventarizatsiyasini o‘tkazish, emlash qamrovi hisobotlarini kompyuter dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar berildi.

Mavzuga oid
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
22:37 / 23.01.2026