Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yangi iqtisodiy inqiroz qachon yuz berishi mumkinligi ma'lum qilindi
Foto: Brian Snyder / Reuters
Amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasi asoschisi Rey Dalio jahon iqtisodiyotining holatini baholadi va kelgusi bir necha yil ichida yangi moliyaviy inqiroz yuz berishi mumkin, degan xulosaga keldi. U bu haqda Business Insider'ga bergan intervyusida aytdi.
Dalioning aytishicha, iqtisodiy sikl bir necha bosqichga bo‘linadi. Avvaliga qarzlar ishlab chiqarishdan tushadigan daromad bilan birga o‘sadi va aktivlar qiymati ham oshadi. Keyinchalik markaziy banklar qarzdorlikning o‘sishi sababli pul-kredit siyosatini kuchaytirishga kirishadilar.
Moliyachining ta'kidlashicha, shundan so‘ng foiz stavkalari deyarli nolga yaqinlashadi va iqtisodiyot depressiya bosqichiga kiradi, bu markaziy banklarni aktivlarni sotib olish hamda miqdoriy yumshatish siyosatini qo‘llashga majbur qiladi.
«Mening fikrimcha, biz yashayotgan davr o‘tgan asrning 30-yillari bilan juda o‘xshash», - deydi Dalio. Uning qayd etishicha, hozirgi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni Buyuk depressiya davriga o‘xshatish mumkin.
Bundan tashqari, milliarderning ta'kidlashicha, bunday sharoitda kambag‘allar va boylar o‘rtasidagi tafovut o‘sib boradi - bu, uning fikriga ko‘ra, populistik ritorikaning oshishiga olib keladi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
14:25 / 01.01.2026