Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba AQShda 1 mln ish o‘rni yaratish rejasidan voz kechdi
Foto: Valeriy Sharifulin/TASS
Xitoyning Alibaba kompaniyasi Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo urushi sababli AQShda bir million ish o‘rni yaratish haqida bergan va'dasidan voz kechdi. Bu haqda kompaniya rahbari Jyek Ma ma'lum qildi, deb xabar berdi "Sinxua" agentligi.
"Bu va'daga Xitoy-Amerika do‘stona hamkorligi va o‘zaro savdo munosabatlari mavjudligi sabab bo‘lgandi. Bugungi kunda bu holatdan asar ham qolmadi, shuning uchun va'damizni bajarish imkoni yo‘q", - dedi u Xanchjouda bo‘lib o‘tgan Alibaba korporativ konferensiyasida.
Milliarder shuningdek, Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo urushi 20 yilga cho‘zilishi mumkinligini aytdi.
O‘tgan yil yanvarida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvi chog‘ida Jyek Ma Alibaba Group yaqin besh yil davomida AQShda bir millionga yaqin ish o‘rni yaratishni rejalashtirganini bildirgandi.
Mavzuga oid
02:32 / 10.09.2025
Alibaba humanoid robotlarga investitsiya kiritdi
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
19:37 / 12.03.2023
«Milliarderlar ovi». Nega Xitoyda yirik ishbilarmonlar g‘oyib bo‘lmoqda?
20:31 / 03.05.2022