Xitoyning Alibaba kompaniyasi Vaşington va Pekin örtasidagi savdo uruşi sababli AQŞda bir million iş örni yaratiş haqida bergan va'dasidan voz keçdi. Bu haqda kompaniya rahbari Jyek Ma ma'lum qildi, deb xabar berdi "Sinxua" agentligi.

"Bu va'daga Xitoy-Amerika döstona hamkorligi va özaro savdo munosabatlari mavjudligi sabab bölgandi. Bugungi kunda bu holatdan asar ham qolmadi, şuning uçun va'damizni bajariş imkoni yöq", - dedi u Xançjouda bölib ötgan Alibaba korporativ konferensiyasida.

Milliarder şuningdek, Vaşington va Pekin örtasidagi savdo uruşi 20 yilga çözilişi mumkinligini aytdi.

Ötgan yil yanvarida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkdagi uçraşuvi çoğida Jyek Ma Alibaba Group yaqin beş yil davomida AQŞda bir millionga yaqin iş örni yaratişni rejalaştirganini bildirgandi.