Google sobiq rahbari internet ikkiga bo‘linib ketishi mumkinligini aytdi
Google kompaniyasining sobiq bosh direktori Erik Shmidt 2028 yilga kelib internet ikkita talqinda mavjud bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, internet AQSh va Xitoy o‘rtasida bo‘linadi. Bu haqda CNBC xabar qildi.
Shmidt bu fikrlarni San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tgan Village Global VC investitsiya kompaniyasining yopiq tadbirida aytgan. Uning fikricha, 2028 yilda internet ikkiga bo‘linadi.
«O‘ylashimcha, internet ikkiga - Xitoy va Amerika yetakchiligidagi internetga bo‘linadi», — degan Shmidt.
U Xitoy kompaniyalarining rivojlanish darajasini ham qayd etgan. Mamlakat YaIMning asosiy ulushi internetga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha Xitoy AQShni ortda qoldirmoqda. Google sobiq rahbari shuningdek, Xitoy IT-sanoatda yetakchilikni qo‘lga olishini taxmin qilgan.
«60ga yaqin davlat ishtirok etayotgan «Bir kamar — bir yo‘l» tashabbusining qanday amalga oshirilayotganiga nazar tashlang: bu davlatlar Xitoy taklif qilayotgan infrastrukturadan foydalanishi ehtimoli mavjud», — degan Shmidt.
Mavzuga oid
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
20:32 / 30.10.2024
Rossiya Davlat xizmatlari Google servislarini o‘chirishga tayyorgarlik boshladi
00:49 / 30.10.2024