Google kompaniyasining sobiq boş direktori Erik Şmidt 2028 yilga kelib internet ikkita talqinda mavjud bölişini aytdi. Uning sözlariga köra, internet AQŞ va Xitoy örtasida bölinadi. Bu haqda CNBC xabar qildi.

Şmidt bu fikrlarni San-Frantsiskoda bölib ötgan Village Global VC investitsiya kompaniyasining yopiq tadbirida aytgan. Uning fikriça, 2028 yilda internet ikkiga bölinadi.

«Öylaşimça, internet ikkiga - Xitoy va Amerika yetakçiligidagi internetga bölinadi», — degan Şmidt.

U Xitoy kompaniyalarining rivojlaniş darajasini ham qayd etgan. Mamlakat YaIMning asosiy uluşi internetga töğri kelişi böyiça Xitoy AQŞni ortda qoldirmoqda. Google sobiq rahbari şuningdek, Xitoy IT-sanoatda yetakçilikni qölga olişini taxmin qilgan.

«60ga yaqin davlat iştirok etayotgan «Bir kamar — bir yöl» taşabbusining qanday amalga oşirilayotganiga nazar taşlang: bu davlatlar Xitoy taklif qilayotgan infrastrukturadan foydalanişi ehtimoli mavjud», — degan Şmidt.