Jamiyat | 13:11 / 21.09.2018
5562
1 daqiqa o‘qiladi

Kogon shahrida farzandiga aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi

Illyustrativ foto

Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi I.T. 2017 yil 1 maydan 2018 yil 13 sentabrga qadar bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun 5 mln 712 ming 360 so‘m miqdordagi aliment to‘lovini to‘lamasdan kelganligi uchun unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga, unga 15 sutka ma'muriy qamoqni o‘tab chiqishi aliment qarzini to‘lashdan ozod qilmasligi tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasida aliment to‘lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, agarda shaxs ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin ikki oy ichida aliment to‘lovini bajarmasa, unda Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Mavzuga oid