Eron terakt uchun kim mas'ul ekanini ma'lum qildi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning bildirishicha, harbiy paraddagi terakt uchun mas'uliyat «terrorizmning mintaqaviy homiylari va ularning amerikalik yo‘riqchilari» zimmasidadir. Bu haqda u tvitterdagi o‘zining akkauntida yozgan.
Eronning janubi-g‘arbidagi Ahvaz shahridagi harbiy paradda terakt 22 sentabr kuni ertalab sodir bo‘ldi.
«Xorijiy rejimlar tomonidan yollangan, o‘qitilgan, qurollantirilgan va moliyalashtirilgan terrorchilar Ahvazga hujum qilganlar. Bolalar va yoshlar qurbonlar orasida bor. Eron ro‘y bergan hujum uchun mas'uliyatni terrorizmning mintaqaviy homiylari hamda ularning amerikalik yo‘riqchilari zimmasiga yuklaydi», - deya yozgan Zarif.
Shuningdek, Eron tashqi siyosat idorasi rahbarining ta'kidlashicha, Eron «tez va qat'iyatli» tarzda o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun javob harakatlarini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi terakt videosi paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
23:14 / 19.11.2024