IIV vagonlar ag‘darilib ketishiga oid yangi ma'lumotni e'lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 21 sentabr kuni vagonlar ag‘darilib ketishiga oid yangi ma'lumotni e'lon qildi
Qayd etilishicha, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tgan “Hamza” temir yo‘l bekatining qo‘shimcha yo‘lida turgan teplovozi bo‘lmagan 5 dona yuk vagonlari qarovsiz qoldirilishi hamda vagon g‘ildiraklari ostiga qo‘yilgan g‘ildiraklarni ushlab turuvchi moslama to‘liq qotirilmaganligi sababli, ikkita bo‘sh yuk vagonlari yurib ketib, temir yo‘l izidan chiqib ketishi natijasida Farg‘ona yo‘li 7-tor ko‘chasidagi uyning devoriga borib urilgan.
Jarohat olgan fuqarolar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yuk poyezdining ikkita vagoni ag‘darilib ketgani xabar qilingandi.
Shundan so‘ng «O‘zbekiston temir yo‘llari» vagonlar nima sababdan ag‘darilib ketganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024