21 sentabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan «Oltin tegirmon» yuklash stansiyasida yuk poyezdining ikkita bo‘sh vagoni (g‘alla tashish uchun sisternalar) ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ta'kidlanishicha, ro‘y bergan hodisa natijasida odamlardan hech kim jarohat olmagan.

Biroq, ag‘darilib ketgan vagonlar tufayli to‘siqlar va qisman - temir yo‘l yaqinida joylashgan uylarning qo‘shimcha inshootlari devori vayron bo‘lgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

«Hozirgi paytda hodisa sodir bo‘lgan joyda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi transportdagi jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va IIBB vakillari ishlamoqda. Avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda. Voqea sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda», - deyiladi mahkama xabarida.