Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» vagonlar nima sababdan ag‘darilib ketganini ma'lum qildi
Foto: IIBB axborot xizmati
Bugun, 21 sentabr kuni, soat taxminan 11:30larda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzelining «Hamza» temir yo‘l stansiyasida transport hodisasi yuz berdi - g‘alla tashuvchi vagonlarning ag‘darilishi.
«Ushbu hodisa «Oltin tegirmon» MChJ XK korxonasi ishchilari tomonidan yuk vagonlarini yuklash hamda yuk tushirish texnologiya jarayoni qo‘pol tarzda tuzilgani bilan bog‘liq», - deya xabar berishgan «O‘zbekiston temir yo‘llari»dan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari kuchi bilan qisqa muddat ichida ro‘y bergan hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Temir yo‘lning ushbu qismida poyezdlar harakati to‘xtatilmadi.
Hodisa tekshiruvdan o‘tkaziladi. Yetkazilgan zarar miqdori «Oltin tegirmon» MChJ XK korxonasiga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yuk poyezdining ikkita vagoni ag‘darilib ketgani xabar berilgandi.
IIBB ma'lumotlariga ko‘ra, ag‘darilib ketgan vagonlar tufayli to‘siqlar va qisman - temir yo‘l yaqinida joylashgan uylarning qo‘shimcha inshootlari devori vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
12:04 / 17.03.2026
Deutsche Bahn kechikishlar uchun 156 mln yevro kompensatsiya to‘ladi
20:15 / 25.02.2026