Jahon | 11:17 / 22.09.2018
45348
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Asaddan xafa. Kreml tushuntirish berdi

Foto: Kreml matbuot xizmati

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin Il-20 samolyoti O‘rta Yer dengizi uzra qulaganidan so‘ng suriyalik hamkasbi Bashar Asadning qo‘ng‘iroqlariga javob berishdan bosh tortayotgani haqidagi ma'lumotni rad etib chiqdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Peskovning eslatishicha, Putin hodisaga «fojiali tasodiflar zanjiri», deya izoh berib, yuz bergan voqeani baholab bo‘ldi. Unda, Kreml matbuot kotibi fikricha, har bir narsa juda jiddiy tarzda taqdim etilgan.

Rossiya prezidenti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari xatti-harakati oqibatida Il-20 halokatga uchraganidan so‘ng Asaddan g‘azablanayotgani haqida Isroil razvedka vaziri Israel Kats 20 sentabr kuni aytib o‘tdi. The Times of Israel nashri xabariga ko‘ra, amaldor Putin Suriya yetakchisining bir nechta telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagani, oxir-oqibat Asad Moskvaga telegramma yuborishga majbur bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Isroil Il-20 halokatiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid