Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy AQShni ham Saddam Husayn taqdiri kutayotganligini aytdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh yetakchisi Donald Tramp xuddi Saddam Husayn kabi Eronni yenga olmasligini bildirdi. Bu haqda Press TV telekanali xabar berdi.
"Tramp bilan ham xuddi shu holat yuz beradi. AQShni Saddam Husaynniki kabi taqdir kutmoqda", - dedi Ruhoniy Eron-Iroq urushi boshlangan sanaga 38 yil to‘lishi munosabati bilan Tehronda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda.
U Eron o‘zining mudofaa quroli, jumladan "AQShni g‘azablantirayotgan" raketalari haqida unutmasligini aytdi.
Ikki tomondan 1,5 mlnga yaqin kishi qurbon bo‘lgan Eron-Iroq urushi 1980 yildan 1988 yilgacha davom etgan. Sakkiz yillik urush oqibatida Iroq 200 mlrd, Eron 400 mlrd dollar zarar ko‘rgan.
2018 yil 8 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan barcha sanksiyalar qayta tiklanishini hamda u bilan biznes yuritadigan mamlakatlarga ham sanksiyalar joriy etilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026