Isroil Rossiya Il-20 halokatiga javob qaytarishidan xavfsiramoqda
Isroilliklar Suriyada Rossiyaning Il-20 rusumli samolyoti halokatga uchrashi ortidan ruslar tomonidan javob harakatlarini amalga oshirib, «Isroilning qanotlarini qayirishi»dan cho‘chimoqda. Bu haqda Isroildagi Haaretz nashrida yozilgan.
Xususan, mamlakat hukumati Rossiya Isroil harbiy-havo kuchlariga Suriya hududi ustidan uchishni taqiqlashidan xavfsiramoqda. Quddusdagilar bunday choralar faqat vaqtinchalikka joriy etilishiga umid qilishmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Isroil uchun cheklov choralari Suriyada hukumat armiyasi hamda «Hizbulloh»ning erkin harakatlanishi uchun keng hudud taqdim etadi. Bu esa Eronning Suriyadagi pozitsiyalarini mustahkamlaydi.
17 sentabr kuni Suriyadagi Hmeymim aviabazasi Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi. Keyinroq ushbu samolyot Suriya kuchlariga qarashli S-200 majmuasi raketasi yordamida urib tushirilgani ma'lum bo‘ldi.
Rossiya avvaliga isroilliklarning harbiy samolyotlari Suriyadagi obektlarga hujum qilib, javoban o‘t ochilganida Rossiya samolyoti ortiga bekingani haqida ma'lum qilgandi.
Bundan avvalroq Isroil zobitlari Il-20 samolyoti halokati bo‘yicha hisobotni taqdim etishgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:19 / 28.09.2024
«Hizbulloh» rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
17:35 / 28.09.2024
“Hizbulloh” harakati o‘z yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
13:44 / 28.09.2024
Isroil «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirilganini e’lon qildi
10:30 / 28.09.2024