Isroilliklar Suriyada Rossiyaning Il-20 rusumli samolyoti halokatga uçraşi ortidan ruslar tomonidan javob harakatlarini amalga oşirib, «Isroilning qanotlarini qayirişi»dan çöçimoqda. Bu haqda Isroildagi Haaretz naşrida yozilgan.
Xususan, mamlakat hukumati Rossiya Isroil harbiy-havo kuçlariga Suriya hududi ustidan uçişni taqiqlaşidan xavfsiramoqda. Quddusdagilar bunday çoralar faqat vaqtinçalikka joriy etilişiga umid qilişmoqda.
Naşrning qayd etişiça, Isroil uçun çeklov çoralari Suriyada hukumat armiyasi hamda «Hizbulloh»ning erkin harakatlanişi uçun keng hudud taqdim etadi. Bu esa Eronning Suriyadagi pozitsiyalarini mustahkamlaydi.
17 sentabr kuni Suriyadagi Hmeymim aviabazasi Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yöqotgani xabar qilingandi. Keyinroq uşbu samolyot Suriya kuçlariga qaraşli S-200 majmuasi raketasi yordamida urib tuşirilgani ma'lum böldi.
Rossiya avvaliga isroilliklarning harbiy samolyotlari Suriyadagi obektlarga hujum qilib, javoban öt oçilganida Rossiya samolyoti ortiga bekingani haqida ma'lum qilgandi.
Bundan avvalroq Isroil zobitlari Il-20 samolyoti halokati böyiça hisobotni taqdim etişgani töğrisida xabar qilingandi.












