O‘zbekiston | 15:51 / 24.09.2018
24662
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlar mahalla posboni bo‘lishi mumkin emas?

Foto: Mahallagzt.uz

Ba'zi shaxslarning mahalla posboni bo‘lishi mumkin emas, deb yozmoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Ular:

o‘z turmush tarzi bilan aholi o‘rtasida salbiy tavsiflanganlar; 

ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turganlar;

ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qo‘yganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turganlar;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlar;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.

Ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilgan talablarga to‘g‘ri keladigan mahalla posboni mahalla raisi va profilaktika inspektori tavsiyanomasiga ko‘ra ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga kiritilgan mahalla posboni sifatida kamida bir yil mobaynida faoliyat olib borgan shaxslar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga hamda ichki ishlar organlari xizmatiga ustunlik asosida qabul qilinadi.

Mavzuga oid