Jahon | 17:11 / 24.09.2018
7368
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovadagi mashmasha: Dodon bayonot berdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Moldova Konstitutsion sudi qarori bilan prezidentlik lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Igor Dodon ro‘y berayotgan holatni siyosiy kurash, deb atadi. Bu haqda FAN xabar bermoqda.

Dodonning so‘zlariga ko‘ra, uning «oyog‘idan chalishmoqchi» bo‘lishgan.

«Bu - prezident va parlamentdagi ko‘pchilik o‘rtasida saylov kampaniyasi boshlanishidan oldingi siyosiy kurash. Mening fikrimcha, parlamentdagi ko‘pchilik va hukumat oyog‘imdan chalmoqchi bo‘lishgan. Ular men bu nomzodlarni qabul qilishimga umid bildirishgandi, bunda mening elektoratimga zarar yetkazish maqsad qilingandi», - deya ma'lum qildi Dodon.

Shu bilan birga, u lavozimidan chetlatilishini «oddiy byurokratik jarayon», deb atadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova prezidenti o‘z lavozimidan chetlatilgani xabar qilingandi.

Moldova Konstitutsion sudi yangi vazirlarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid