Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainaning Rossiya bilan kurashdagi o‘rni haqida gapirdi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning bildirishicha, uning davlati Rossiya bilan NATO sharqiy chegaralaridagi kurashda muhim o‘rin tutadi. Bu haqda u Rheinische Post’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ukraina yetakchisining aytishicha, «optimistik va ruhan kuchli» Ukraina xalqi «NATO sharqiy qanotini Rossiyadan himoya qilmoqda», bu mudofaaga moliyaviy xarajatlarda o‘z aksini topgan.
«Hozirgi vaqtda biz armiyaga YaIMning 6 foizini sarflamoqdamiz. Mening fikrimcha, biz shu tariqa NATO sharqiy qanotidagi Rossiya bilan kurashda muhim o‘rin egallab turibmiz. Shu bilan birga, biz nafaqat o‘zimiz uchun, balki Yevropa, demokratiya, erkinlik, G‘arb va g‘arbdagi qadriyatlar uchun ham jang qilmoqdamiz», - dedi Poroshenko.
Shuningdek, Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xatti-harakatlari tufayli ukrainaliklarning aksariyati mamlakatning «300 yillik tarixida» ilk bor Ukraina NATO va Yevroittifoqqa kirishini qo‘llab-quvvatlamoqda, Shimoliy Atlantika alyansi esa, uning fikricha, «omon qolishning yagona kafolati».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan do‘stlikka nuqta qo‘ygandi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025