TIVda O‘zbekiston va Kuba aloqalarining holati muhokama etildi
2018 yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Kuba Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ana Teresita Gonsalez Fragani qabul qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning holati muhokama qilinar ekan, o‘zaro qiziqish kasb etgan turli sohalarda O‘zbekiston-Kuba muloqotini chuqurlashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan vaqtdan keyingi 12 yil davomida birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida BMT va uning ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari doirasidagi hamkorlikning ijobiy tajribasiga erishildi, ushbu tajriba hamkorlikning boshqa sohalarida ham qo‘llanishi mumkinligi ta'kidlandi. Geografik uzoqlikka qaramasdan O‘zbekiston va Kuba mavjud ulkan salohiyat va imkoniyatni qo‘llagan holda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga tomonlar tayyor ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli asosalarda turizm, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.
TIVda shu kunning o‘zida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Kuba Elchisi Alfredo Neves Portuando ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:40 / 08.08.2024
Olimpiadada asr voqeasi: Kubalik gigant hech kim qilolmagan ishni uddaladi
22:44 / 17.06.2024
Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kubani tark etishni boshladi
08:32 / 14.06.2024
Rossiya floti kemalari ortidan AQSh suvosti kemasi ham Kuba qirg‘oqlariga yaqinlashdi
11:42 / 13.06.2024