Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zi yig‘iluvchi Rubik kubigi taqdim qilindi
Yaponiyalik muhandis o‘zi mustaqil ravishda yig‘iluvchi Rubik kubigini taqdim qildi. Ushbu antiqa qurilma haqida DMM.make saytida ma'lumot berilgan.
Kubikning negizida qurilmaning aylanuvchi segmentlari, motorli mexanizm, o‘qlar bo‘yicha burilish mikrokontrollyorlari va akkumulyator yotadi. Muhandis qurilmaning texnik ko‘rsatkichlarini oshkor qilmagan: kubik u yoki bu rangdagi segmentning burilishini qanday bilishi, ularning joylashgan o‘rnini o‘chiq holda anglashi va avtomatik yig‘ishning maksimal tezligi qandayligi noma'lum.
Avvalroq ham ushbu muhandis avtomatik yig‘iluvchi Rubik kubigini taqdim qilgan, biroq u juda sekin ishlagan va uning ishlashi uchun segmentlar aylanishini qayd qilishga mo‘ljallangan tashqi ostsillograf zarur bo‘lgan.
Yaqinda amerikalik muhandislar Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘a olgan robotni taqdim qilishgandi. Muhandislar bu robot kubikning motori kuchlirog‘iga almashtirilsa, uni yanada tezroq yig‘a olishini ta'kidlab o‘tishgan.
Mavzuga oid
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
07:59 / 22.12.2025
Star Wars’ga o‘xshash Phantom: AQShdagi yangi harbiy humanoid loyiha
14:29 / 02.12.2025