O‘zbekiston | 11:20 / 25.09.2018
4028
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Dushanbega boradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yilning 27 sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda tashqi siyosat idoralari rahbarlarining MDH ishtirokchi davlatlar rahbarlari bo‘lajak majlisi kun tartibini muhokama qilishi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid