Jahon | 14:08 / 25.09.2018
15757
2 daqiqa o‘qiladi

AP: Tramp va Makron o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi

Foto: AP/ Evan Vucci

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron do‘stona gaplardan voz kechishdi. Bu haqda Associated Press yozmoqda.

24 sentabr, dushanba kuni prezidentlar Nyu-Yorkdadagi BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida uchrashdilar. Odatiy qo‘l siqishdan so‘ng davlat rahbarlari darhol ishga o‘tib, Eron bilan yadroviy kelishuv, Suriya va AQSh hamda Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi savdo-sotiq masalalarini muhokama qildilar.

Tramp va Makron o‘rtasidagi munosabatlarda nisbatan sovuqlashish kuzatilayotganiga qaramasdan, ular hali ham do‘stona munosabatda, deya qayd etadi agentlik. Biroq, avval OAV ko‘p marta yozgan «bromans» (erkaklar o‘rtasidagi qalin munosabatlar) ular o‘rtasida yo‘qqa chiqqan bo‘lishi mumkin.

Bir oy oldin Associated Press Makron Trampga bo‘lgan o‘z munosabatini o‘zgartirgani haqida ta'kidlagandi. Xususan, bu uning nutqida o‘z aksini topdi, unda u Yevropa ittifoqining manfaatlari ustuvorligiga alohida e'tibor qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mey va Tramp BMT Bosh assambleyasi doirasida Brexit’ni muhokama qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid