Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey özining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 73-Boş assambleyasiga taşrifi davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Brexit masalasini muhokama qiliş niyatida. Bu haqda Reuters Britaniya rasmiy şaxslariga asosan xabar bermoqda.
Agentlik manbasining ta'kidlaşiça, Brexit’dan keyin mamlakatlar örtasidagi savdo aloqalari Tramp hamda Meyning muzokaralari mavzularidan biri böladi. Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi (YeI) tarkibidan çiqişi masalasidan taşqari, davlat rahbarlari kimyoviy qurol va xalqaro munosabatlar böyiça ham muzokaralar ötkazadi.
«Ularda Buyuk Britaniya va AQŞ örtasida bizning [Yevropa ittifoqidan] çiqişimizdan söng erkin savdo töğrisidagi yaxşi kelişuvga erişiş ğoyasi bor», - deya xulosa qilgan manba.
Eslatib ötamiz, avvalroq Merkel Meyni oçiqçasiga haqorat qilgani xabar berilgandi.












