Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ot sporti ishqibozlari talabiga binoan Toshkentda yana ot paradi o‘tkaziladi
Ot sportini ixlosmandlarining ko‘p sonli iltimoslariga binoan 1 oktabr kuni Toshkent shahrida navbatdagi fleshmob o‘tkaziladi. Ot sporti va yilqichilik federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
100 dan ortiq zotdor otlarda eng yaxshi sportchilar, mudofaa va qurolli kuchlar tizimi vakillari parad kiyimlarida Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanishadi.
Parad 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladi.
Mazkur fleshmob davomida chavandozlarning ot yo‘rttirish mahoratidan bahra olish, mashhur sportchi va murabbiylar bilan tanishib, dildan suhbatlashish mumkin bo‘ladi. Ular ot sportiga qanday kirib kelganliklari haqida so‘zlab berishadi.
"Birinchi otlar ishtirokida o‘tkazilgan fleshmob aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, yosh avlod vakillarining ot sporti yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Umid qilamizki, shu kabi tadbirlar safimiz kengayishiga, ot sporti ishqibozlari ko‘payishiga, chavandozlarimiz qatoridan esa yosh sportchilar o‘rin olishiga sabab bo‘la oladi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Paradda mashhur sportchilarimizdan tashqari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakillari, Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi vakillari, Milliy gvardiya ot eskadroni faxriy qoravul bataloni vakilari ham ishtirok etishadi.
Fleshmob 1 oktabr kuni soat 16:00 da poytaxt markazi — Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026