Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina HDK Azov dengizida «sanoqli daqiqalar» ichida yo‘q qilinishi aytildi
Foto: UNIAN
Kiyev Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishga ahd qilsa, Rossiya Azov dengizida Ukraina flotini bir necha daqiqa ichida yo‘q qilib tashlaydi. Bu haqda The American Conservative jurnali yozmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Vashingtonning qo‘llab-quvvatlovi bilan Ukraina Azov dengizida harbiy-dengiz bazasi qurishga qaror qildi, bu «mintaqadagi tajovuzkor harakatlarga» javob berish uchun kerakdir. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Kiyevning ixtiyorida faqat bir nechta qo‘riqlash kemalari bor.
«Rossiya floti ushbu kemalarni sanoqli daqiqalarda cho‘ktirib yuborishi va bazani yo‘q qilib tashlashi mumkin», - deyiladi materialda.
Shu nuqtai nazardan, muallif AQSh tarixan ruslarning dengizi bo‘lgan hududga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z kemalarini yuborishga haqiqatdan ham tayyor ekani borasida savol bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainaning Rossiya bilan kurashdagi o‘rni haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
15:08 / 17.01.2026