Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning bildirişiça, uning davlati Rossiya bilan NATO şarqiy çegaralaridagi kuraşda muhim örin tutadi. Bu haqda u Rheinische Post’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Ukraina yetakçisining aytişiça, «optimistik va ruhan kuçli» Ukraina xalqi «NATO şarqiy qanotini Rossiyadan himoya qilmoqda», bu mudofaaga moliyaviy xarajatlarda öz aksini topgan.

«Hozirgi vaqtda biz armiyaga YaIMning 6 foizini sarflamoqdamiz. Mening fikrimça, biz şu tariqa NATO şarqiy qanotidagi Rossiya bilan kuraşda muhim örin egallab turibmiz. Şu bilan birga, biz nafaqat özimiz uçun, balki Yevropa, demokratiya, erkinlik, Ğarb va ğarbdagi qadriyatlar uçun ham jang qilmoqdamiz», - dedi Poroşenko.

Şuningdek, Ukraina rahbari sözlariga köra, Rossiya xatti-harakatlari tufayli ukrainaliklarning aksariyati mamlakatning «300 yillik tarixida» ilk bor Ukraina NATO va Yevroittifoqqa kirişini qöllab-quvvatlamoqda, Şimoliy Atlantika alyansi esa, uning fikriça, «omon qolişning yagona kafolati».

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan döstlikka nuqta qöygandi.