Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Yushchenko Donbassni natsistlar Germaniyasi bilan taqqosladi
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko «112 Ukraina» telekanali efirida Donbass va natsistlar Germaniyasidagi vaziyatni taqqosladi.
Yushchenkoning fikricha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR»)dagi aholi «targ‘ibot» qurboni sanaladi. Uning ta'kidlashicha, bu hududda hozirgi paytda Kiyev shafeligida saylovlarni o‘tkazish mumkin emas, sababi harbiy mojaroning to‘rt yili mobaynida mintaqa aholisining o‘zini-o‘zi anglash darajasi sezilarli darajada o‘zgardi. Yushchenkoning fikriga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida Germaniya mag‘lubiyatga uchraganidan keyin ham shunday vaziyat yuzaga kelgan.
«Nega 1945 yilda Germaniyada Amerika, Fransiya va Britaniya hududlarida saylov o‘tkazilmagan? Nima uchun 1946 yilda u yerda saylovlar bo‘lmagan, axir Adolf Gitler yo‘q edi-ku. Nima uchun 1947 yilda saylovlar o‘tkazilmagan?», - deya savol bilan chiqqan Yushchenko.
Shuningdek, Yushchenko Donbass aholisiga qanday qilib Kiyev «do‘st» ekanligini ko‘rsatish borasida savol bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, «DXR» va «LXR» aholisi Ukrainaning qolgan fuqarolariga «qarama-qarshi» emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyadan shikoyat qilgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026