Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya kemalari va samolyotlarining Kerçen böğozidagi xatti-harakatidan şikoyat qilib, Rossiyani «xavfli hodisalarni» keltirib çiqarişda aybladi. Bu haqda mahkamaning feysbukdagi sahifasida aytiladi.

Ukraina harbiy-dengiz kuçlaridan bildirişlariça, «xavfli hodisalar» Ukraina harbiy kemalarining Kerçen böğozidan ötişi vaqtida yuz berdi. şu bilan birga, mahkamadan ta'kidlaşlariça, Rossiya tomonidan manyovr uçun ruxsat söralmagan, sababi Ukraina kemalari «erkin suzişga bölgan öz huquqidan foydalandi».

Şuningdek, ta'kidlanişiça, böğozdan ötiş Rossiya harbiy-dengiz kuçlari va çegara xizmati kemalarining hamrohlik qilişi tufayli, bundan taşqari, Rossiya samolyotlarining parvozi sababli «murakkab şaroitda» amalga oşirildi.

Mahkamadan bildirilişiça, Rossiya kemalari va samolyotlarining Ukraina kemalari bilan yaqinlaşuvi «xavfli hodisalardir». Xususan, Rossiya josuslik kemasi va Su-27 qiruvçisining «ikki kabelt masofaga» (taxminan 440 metrga) yaqinlaşişi haqida aytiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyani «ovozni öçirişga» çaqirgan Britaniya vaziri Donbassga kelgandi.