Jahon | 08:54 / 26.09.2018
3181
2 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda Eronni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot tashkil etgan 111 kishi sudlanadi 

Foto: Hasan Jamali/AP

Bahrayn prokuraturasi Eronni qo‘llab-quvvatlovchi, “Bahrayn Hizbullohi” deb atalgan shia tashkilotini tashkil etish bo‘yicha 169 ayblanuvchi ishini sudga topshirdi. Bu haqda prokuraturaning terrorchilik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish bilan shug‘ullanuvchi boshlig‘i Ahmad al-Hamadiyga iqtibos keltirgan holda Bahraynning BNA yangiliklar agentligi ma'lum qildi.    

“Prokuratura “Bahrayn Hizbullohi” nomli terrorchilik guruhining tashkil etilishi bo‘yicha tergovni yakunladi. Sudga 169 kishi bo‘yicha materiallar topshirildi, ulardan 111 nafari qo‘lga olingan”, deb aytgan al-Hamadiy.

Uning aytishicha, ayblanuvchilarga terrorchilik guruhini tashkil etish va uning faoliyatida ishtirok etish, qotilliklarga tayyorgarlik ko‘rish, portlovchi moddalar ishlab chiqarish va ularni qo‘llash, ruxsatsiz o‘qotar qurol saqlash, terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.

Ta'kidlanishicha, mamlakat oliy sudining ushbu ish bo‘yicha yig‘ilishi 3 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Bahraynda qirollik rahbariyatiga qarshi chiquvchi shialarning hibsga olinishi va o‘limga hukm qilinishi tez-tez sodir bo‘lib turadi. Hukumat ularni Eron bilan aloqalarda gumon qiladi va sunniy mazhabidagi Al-Halifa hukmron sulolasini ag‘darib tashlash maqsadida Bahrayn muxolifati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, deb hisoblaydi.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid