Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq va O‘zbekiston muzokaralar boshlamoqda. U investitsiyalarga aloqador
Yevropa ittifoqi (YeI) Markaziy Osiyoning rivojlanish istiqbollariga ishonadi va bu mintaqaga uzoq muddatli istiqbol uchun sarmoyalar kiritish niyatida. Bu haqda Yevropa tashqi siyosat xizmatining Rossiya, «Sharqiy hamkorlik» va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari Lyuk Devin ma'lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
O‘tgan haftada Yevrokomissiya YeIning Yevropa va Osiyo tutashuvini rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini e'lon qildi. Unda transport, energetika va raqamli tarmoqlar orqali mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tashabbuslar mavjud. Strategiyada ko‘rsatilishicha, Osiyoga har bir yilda infratuzilmaga o‘sish sur'atlari hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun 1,3 trln yevro miqdorida sarmoyalar talab etiladi.
«Biz mintaqaning uzoq muddatli istiqboliga ishonamiz», - deya ma'lum qildi Devin Yevropaning Osiyodagi tadqiqotlari institutida O‘zbekistondagi islohotlar hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bag‘ishlangan davra suhbatida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, YeI mintaqaga «uzoq muddatli istiqbol uchun» investitsiya kiritmoqda.
«Biz Qozog‘iston bilan 2015 yilda kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdik. Qirg‘iziston va Ozarboyjon bilan ham shunday ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston bilan yaqin vaqt ichida muzokaralar boshlanishi mumkin ekanidan juda xursandmiz», - deya aytib o‘tdi Devin.
Mavzuga oid
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
13:00 / 23.05.2026