Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kuldi
Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov Ukraina prezidenti xato tufayli BMTdagi Rossiya delegatsiyasining xonasiga kirib ketgani ustidan kuldi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Ukraina prezidenti tadbirlardan biriga ketayotgan bo‘lgan, lekin eshiklarni adashtirib yuborib, Rossiya tashqi ishlar vaziriga muzokaralar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonaga kirib ketgan. Poroshenko tezda xonani tark etib, Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarishdan bosh tortgan. Ukraina prezidenti ularni «feyk-nyus», deb atagan.
«Ehtimol, hojatxonani adashtirib yuborgandir», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainaning Rossiya bilan kurashdagi o‘rni haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026