Jamiyat | 08:14 / 26.09.2018
7919
1 daqiqa o‘qiladi

Jarima maydonidan avtomobilni chiqarib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Illyustrativ foto

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro S.J.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqaro N.X. S.J.ning tanishi X.T.ga tegishli bo‘lgan, Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan «VAZ 2106» rusumli avtomashinani tanishlari orqali olib chiqib berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid