Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Imomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur park Tojikiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida bog‘ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan.
Davlat rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o‘rnatildi. 27 sentabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon mazkur istirohat bog‘i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Tojikistonda shunday bog‘ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada O‘zbekistonda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ma'lumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida Navoiy va Jomiy haykali o‘rnatilgan edi. Yana bir e'tiborli jihati, bu park yonidagi ko‘cha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bog‘i boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon o‘zaro muloqot qilgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024