Jahon | 08:56 / 27.09.2018
15225
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Trampga javob qaytardi

Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga tayyordir. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

Bundan oldin Tramp Maduro bilan uchrashishga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

«Mafkuraviy, ijtimoiy, tarixiy farqqa qaramay, men, avtobus haydovchisi, barcha farqlarga qaramasdan, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Moros uning qo‘lini siqishga hamda ikki tomonlama ishlar va mintaqamiz mavzulari haqida gaplashib olish uchun u bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorman», - dedi Maduro.

Avvalroq, BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqqan Tramp Venesueladagi vaziyatni «sharmandali» deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuelaga bosimni oshirishga va'da bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid