AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar hukumati yaqin vaqt içida Venesuela hukumatiga bosim ötkaziş uçun yangi qadamlar qöyadi. Bu haqda u Fox News telekanaliga xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.
«Yaqin kunlar içida sizlar qator qadamlar seriyasini körasizlar, ular Venesuela xalqi manfaatlariga zid iş qilayotgan uşbu davlat hukumatiga bosimni oşirişi lozim», - deya aytib ötdi Pompeo.
Uning sözlariga köra, Vaşington venesuelaliklar öz fikrini erkin bildira olişi uçun qölidan kelgan barça işni qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Venesuela rahbarini ağdarib taşlaş rejalarini örganib çiqqani xabar berilgandi.












