Ota-bolaga soxta “Green Card”ni 7000 dollarga sotib ketishdi
Qo‘shni qishloqda yashaydigan tanishi Botirning Amerikaga ishlagani ketayotganligini eshitib, Salimning oromi yo‘qoldi. U Botir bilan Samarqand shahrida uchrashib, undan o‘g‘lini Amerikaga yuborishda yordam so‘radi.
Botir Salimga o‘g‘lini Amerikaga yuborish uchun “GREEN CARD” yutug‘i chiqqan qiz topib berishini, o‘sha qizga farzandini uylantirsa, uning eri sifatida Amerikaga borishi mumkinligini aytdi, buning evaziga esa u Salimdan 7.000 AQSh dollari miqdorida pul so‘radi. Salim ko‘ndi.
Rejasi “silliq” ketayotganligidan xursand bo‘lgan Botir tanishi Akromga qo‘ng‘iroq qilib “GREEN CARD” yutug‘i chiqqan qizlarning manzilini so‘rab bilgan bo‘ldi. Bir necha kun o‘tgach esa Salim bilan birga Akrom aytgan joyga, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi bir qiznikiga borishdi. U yerdan yutuq chiqqan qiz topilmagach, xunob bo‘lib, navbatdagi Akrom aytgan manzilga, Samarqand viloyati Payariq tumanida yashaydigan Sevdora To‘rayevanikiga borishdi. Botirning hiylalariga laqqa tushgan Salim shu qizga rostdan ham yutuq chiqqan yo chiqmaganligi bilan qiziqib ko‘rishni uyat hisobladi. U o‘sha qizga o‘g‘lini uylantirdi qo‘ydi. Aslida, hammasi ana shundan boshlandi...
Botir Sevdoraning nomiga ingliz tilida rasmiylashtirilgan hujjatlarni Salimning qo‘liga tutqazib, evaziga undan jami 1.850 AQSh dollari va 10.900.000 so‘m oldi-yu juftakni rostladi.
Salim esa yaxshi niyatlarda kelini va o‘g‘lini Amerikaga yuborish uchun Botir aytgan barcha hujjatlarni tayyorladi. Biroq negadir Botir endi Salimning tinimsiz qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, uyiga ham kelmay qo‘ygandi. Bundan Salimning ichiga g‘ulg‘ula tushdi. U Samarqand shahriga borib, “GREEN CARD” o‘ynatadigan ofis xodimlariga Botir bergan hujjatni ko‘rsatdi. U yerdagi xodimlar hujjatning soxta ekanligini aytishganida esa Salimning boshidan bir chelak sovuq suv quyilgandek bo‘ldi. Darg‘azab bo‘lgan Salim bu ishlarga aloqasi bo‘lishi mukinligini taxmin qilib, kelinini siquvga oldi. Biroq hech narsadan xabari yo‘q, o‘g‘li bilan baxtli yashab kelayotgan kelinining aybsizligini bilgach, Salim Botir va uning sherigi Akromni firibgarlikda ayblab sudga berdi.
Sud Botir va Akrom o‘zlashtirgan pullarni o‘z egasiga qaytardi va aybdorlarga nisbatan tegishli jazo tayinladi.
Mavzuga oid
11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:14 / 24.09.2024
Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024