Turkiya AQShning Eronga qarshi sanksiyalariga qarshi chiqdi
Anqara AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi va ushbu mamlakat bilan savdo-sotiqni davom ettirish niyatida. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li «RIA Novosti»ga ma'lum qildi.
«Biz Eron, Rossiya va boshqalar bilan savdo qilishni davom ettiramiz. Turkiya suveren va mustaqil davlat sanaladi. Agar bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanksiyasi bo‘lsa, biz unga qo‘shilamiz, aks holda - yo‘q», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
26 sentabr kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Qo‘shma Shtatlar bironta mamlakatga Islom respublikasiga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon bermasligi, Vashington esa «tajovuzkor va qat'iy tarzda» Tehronga iqtisodiy bosimni davom ettirishiga va'da bergandi. Bolton Bryusselning Eron bilan sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy mexanizmni tashkil etish bo‘yicha rejalariga izoh berib, «Yevropa ittifoqi gapda kuchli ekani, biroq o‘z bayonotlarini bajarishda kuchsizligini» qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an yana AQShni ayblagandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar butun dunyoni iqtisodiy urushga tortmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024