Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar butun dunyoni iqtisodiy uruşga tortmoqda. Bu haqda u Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi uçun yozgan maqolasida aytgan, deb xabar beryapti RIA «Novosti».

Turkiya rahbarining bildirişiça, Anqara va Berlin boşqa mamlakatlar bilan birga savdo mojarolarining oldini olişi kerak. Uning sözlariga köra, AQŞ rasmiylarining mas'uliyatsiz yondaşuvi butun dunyoni şafqatsiz iqtisodiy uruş bosqiçiga olib kirmoqda.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, bu uruş barça iştirokçilarga zarar yetkazadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Turkiyani «iqtisodiy öldirişmoqçi» ekani haqida ma'lum qilgandi.