Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH sammitida ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi.

Majlis yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948 yil 10 dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida MDH konvensiyasi, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi sa'y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, 2021 yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e'lon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi.
2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo‘ldi.


