Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: «AQShning ko‘magi Rossiyani tiyib turishda yordam bermoqda»
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qo‘shma Shtatlar tomoni Ukraina qurolli kuchlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» davlat rahbarining matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Poroshenko AQShning «Baltimor» Sohilni qo‘riqlash bazasiga qilgan safari chog‘ida shunday bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa sektorini rivojlantirish uchun Qo‘shma Shtatlardan 1 milliard dollardan ko‘proq pul oldi. Uning bildirishicha, bu Ukraina qurolli kuchlarini NATO va AQSh armiyasi bilan «muvofiq» qiladi.
«Biz AQSh Kongressining ushbu yordamni oshirish bo‘yicha yaqinda qabul qilgan qarorini yuqori baholaymiz. Bu bizning harbiy ajratmalarimizni qo‘llab-quvvatlaydi, ular esa yalpi ichki mahsulotning 6 foizidan oshib ketdi», - dedi Poroshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu «Rossiyaning ortib borayotgan tajovuzini» tiyib turishda ko‘mak bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko BMTda Rossiyaning niyatini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57 / 31.12.2025