Jamiyat | 14:00 / 29.09.2018
11541
3 daqiqa o‘qiladi

Endi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 10 daqiqada pul o‘tkazish mumkin

Foto: GME Remittance

Bugun, 29 sentabr kuni Janubiy Koreyaning Ansan shahrida pul jo‘natmalari bilan shug‘ullanuvchi ikki muassasa – Rossiyaning QIWI bankiga qarashli Kontakt va Janubiy Koreyaning GME Remittance tashkilotlari O‘zbekiston va MDH davlatlariga tezkor pul jo‘natmalari xizmatining ochilish marosimini o‘tkazdi. Marosimga Moskvadan tashrif buyurgan Kontakt vitse-prezidenti Yelena Gafarova xonim va menejyer Anton Korotigin pul jo‘natmalari xizmatini GME Remittance ijrochi direktori va hissadori, janob Sung Jong Xva bilan birgalikda tantanaviy ravishda ochib berdi.

Foto: GME Remittance

Kontakt vitse-prezidenti Yelena Gafarova: “Kontakt va GME Remittance o‘zaro hamkorlikda Janubiy Koreyada qonuniy istiqomat qiluvchi O‘zbekistonning oltmish mingga yaqin fuqarosi uchun eng qulay, tezkor, arzon va kafolatli pul jo‘natmalarini taqdim etmoqda. Pul jo‘natmalarini amalga oshirish uchun telefoningizga GME Remittance mobil ilovasini yuklab olishingiz, unda ro‘yxatdan o‘tib, qabul qiluvchining ismi, familiyasi va telefon raqamini kiritishingiz kifoya. Pulingiz bor-yo‘g‘i 10 daqiqada qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi”.

Foto: GME Remittance

GME Remittance ijrochi direktori Sung Jong Xva: “Avvallari Koreyadan O‘zbekistonga pul jo‘natish uchun soatlab bankda navbat kutishga va qimmat narxda pul jo‘natishga to‘g‘ri kelardi yoxud ko‘pchilik noqonuniy ravishda tadbirkorlar orqali pul jo‘natar edi. Bu bilan Siz, tabiiyki, pulingizni xatarga qo‘yayotgan bo‘lasiz. GME Remittance mobil ilovasi orqali uyingizdan chiqmay turib pul jo‘natmalarini amalga oshirasiz va pulingiz 10 daqiqada qabul qiluvchining qo‘lida bo‘ladi!”

Foto: GME Remittance

GME Remittance foydalanuvchisi Obidjon: Ilgari O‘zbekistonga ketayotgan tanishlarim orqali pul jo‘natar edim. Buni noqonuniy ekanligidan xabarim yo‘q edi. Uni ustiga qimmatga tushardim va pulim ancha kech yetib borar edi. GME Remittance mobil ilovasi orqali ikki marta pul jo‘natishga ulgurdim. Ayolim hech qanday muammosiz 10 daqiqada pulimni oldi. Endilikda faqat GME Remittance mobil ilovasi orqali pul jo‘nataman va barchaga GME Remittance mobil ilovasidan foydalanishni tavsiya etaman.

Foto: GME Remittance

GME Remittance direktori Subash Poudel: “GME Remittance va Kontakt hamkorlikda Koreyadagi O‘zbekistonliklar uchun eng a'lo va eng qulay pul jo‘natmalarini ta'minlab beradilar”.

Sayt: www.gmeremit.com

Feysbuk: fb.com/gmeuzbekistan

Mobil telefon raqami: +82 10 3015 6864

Telefon/Faks: +82 2 3673 5559 / +82 2 3674 5559

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid