O‘zbekiston | 16:32 / 29.09.2018
10702
2 daqiqa o‘qiladi

MAK 2019 yil yanvarida Airbus A320neo samolyotlarini qabul qilib oladi

Foto: Airbus

Panasonic Avionics Corporation (PAC) «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga 2019 yil yanvar oyida yetkazib beriladigan ikkita Airbus A320Neo samolyotlari bortiga IFEC X-Series’ni taqdim etadi. Bu haqda MAK xabarida aytiladi.

Bundan tashqari, PAC’ning aloqa xizmatlari hozir foydalanishda bo‘lgan uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida joriy etiladi.

Kompaniya samolyotlarni har bir o‘rindiq uchun Multi-Touch HD-ekranlar va USB quvvatlantiruvchi qurilmalar bilan jihozlaydi. Samolyotlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar Uzbekistan Airways Technics bazasida olib boriladi.

MAKning barcha yangi samolyotlari Wi-Fi-servislari bilan ham jihozlanadi. Yetkazib beruvchi kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, uning asosiy afzalligi - internetning yaxshilangan o‘tkazish imkoniyati, u oqimli videoni tomosha qilish imkonini beradi.

Drimlaynerlar yo‘lovchilari parvoz vaqtida mobil telefonlardan foydalanishi hamda CNN, Euronews, CNBC, NHK, Sky News Arabia, BBC World News va Sport 24 kabi telekanallarni jonli efirda ko‘rishlari mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid