Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMT Bosh assambleyasida yakkalanib qolgani ma'lum bo‘ldi
Foto: RIA Novosti, Nensi Sisel
Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilishicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi BMT Bosh assambleyasida yakkalatib qo‘yildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Qrim rezolyutsiyasi bo‘yicha ovoz berish jarayonini «ko‘rsatib qo‘ydi».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, BMT Bosh assambleyasidagi vaziyat Ukraina butun dunyo tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat berdi.
Klimkinning ta'kidlashicha, Bosh assambleyada, xususan, Donbassdagi tinchlikparvarlik missiyasi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko AQShning ko‘magi Rossiyani tiyib turishda yordam berayotganini aytgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qo‘shma Shtatlar tomoni Ukraina qurolli kuchlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
09:38 / 11.04.2026
Budanov: Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda
09:27 / 11.04.2026
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Popov 19 yilga qamaldi
09:00 / 11.04.2026