19:40 / 30.09.2018
16338

43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida oltin medal oldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina himoya qilmoqda.

U bugun tayanib sakrash mashqlarida chiqish qildi va eng yuqori ballni to‘plab, oltin medal sohibasiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Kanada va Sloveniya terma jamoasi a'zolariga nasib qildi.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari uchun muhim bo‘lgan reyting ochkolarini tadqim etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda 43 yoshda bo‘lgan Oksana Chusovitina 2016 yili, 41 yoshda ekanida Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. 

1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 yillarda o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan.

Chusovitina yaqinda Jakartada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida tayanib sakrash bo‘yicha bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Top