18:15 / 12.12.2016
19652

Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Foto: Instagram/oksana2016

41 yashar Oksana Chusovitina Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Sportchi bu haqda Instagram’dagi o‘z sahifasida ma'lum qildi.

Chusovitina 2016 yilda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida eng yoshi katta sportchi sifatida qayd etilgan edi. Bundan tashqari u sportning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha yettinchi bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi bo‘lib qolmoqda. Oksana 2016 yil Braziliyada o‘tgan o‘yinlarda medal olishga muvaffaq bo‘ldi. U umumiy hisobda yettinchi o‘rinda qayd etildi. 

Ma'lumot uchun: Oksana Chusovitina 1975 yilning 19 iyun kuni Buxoroda tug‘ilgan. 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 yillarda o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan.

 

Top