Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin AQShni BMT Xalqaro sudiga berdi
Falastin Amerikaning Isroildagi elchixonasi Quddusga ko‘chirilishi sababli AQShga qarshi da'vo bilan Xalqaro sudga murojaat qildi. Bu haqda sud matbuot relizida ma'lum qilindi.
Falastin sudi mazkur holatni qonun buzilishi deb e'tirof etishga va AQShni o‘z diplomatik missiyasini Quddusdan olib chiqib ketishga majbur qilishga chaqirgan.
Da'voda ko‘rsatilishicha, Donald Trampning AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirishi 1961 yilgi Vena konvensiyasini buzish hisoblanadi.
Isroil 1967 yilda Sharqiy Quddusni bosib olgan hamda 1980 yilda Quddusni o‘zining yagona va bo‘linmas poytaxti deb e'lon qilgan. Dunyoning hech bir davlati Quddusni Isroil poytaxti deb tan olmagan. Isroilni tan olgan barcha davlatlarning elchixonalari Tel-Avivda joylashgan.
2017 yil 6 dekabrda Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQSh elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishini e'lon qildi. 2018 yil 14 mayda Quddusda elchixona rasman ochildi.
Mavzuga oid
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
13:48 / 16.02.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 12 kishi halok bo‘ldi
21:19 / 13.02.2026