Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabr kuni davlat tashrifi bilan Hindistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev 30 sentabr – 1 oktabr kunlari prezident Ram Nath Kovindning taklifiga bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo‘llarini ko‘rib chiqish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Nyu-Deli shahrida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini, jumladan, O‘zbekiston –Hindiston ishbilarmonlar kengashini ta'sis etish taklifini muhokama qilish uchun Hindistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Hindistonning qadimgi poytaxti, jahonga mashhur me'moriy obida – muhtasham Toj Mahal joylashgan Agra shahriga tashrif buyuradi.
Tashrif yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston – Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, mamlakatlar hududlari va muassasalari o‘rtasida hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024
Rossiya Modining talabidan keyin 45 nafar Hindiston fuqarosini armiya safidan bo‘shatdi
15:43 / 12.09.2024