Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putinga minnatdorlik bildirdi
Foto: RIA Novosti / Mixail Palinchak
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko CNN telekanali efirida kinoya qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga go‘yoki “u Ukrainani Yevropaga yaqinroq davlatga aylantirganiga” minnatdorlik bildirdi.
Poroshenkoning aytishicha, Ukrainada 5 yil avval Yevropa bilan birlashishni 33 foiz aholi istagan bo‘lsa, hozirda esa 77 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Kim buni qildi? Putin. Shu sababli, janob Putin, davlatimni Yevropaga yaqinroq hamda yevropacha va transatlantik qadriyatlarni himoya qilishga tayyor qilganingiz uchun rahmat”
Ukraina prezidenti o‘z so‘zlari intihosida uning davlati “hech qachon boshqa Rus imperiyasiga qaytmasligiga” va'da bergan.
2016 yilda Kiyev NATOga kirishni Ukrainaning tashqi siyosati maqsadi qilib belgilagan.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026